Bugun 8 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Yo‘l ob’ektida qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga yordamlashgan shaxslar mukofotlanadi

Yo‘l ob’ektida qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga yordamlashgan shaxslar mukofotlanadi

Qarorga muvofiq, ruxsatnoma olmasdan yo‘l ob’ektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yo‘l ob’ektining avvalgi holatini tiklash bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik holati bo‘yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Hududlar qiyofasini yaxshilash maqsadida eksperiment tariqasida 2024 yil 1 sentyabrdan 2025 yil 1 sentyabrgacha joylardagi hokimlar belgilab beradigan muayyan hududda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

fuqarolar va yuridik shaxslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi mas’uliyati OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahallada mahalla raislari tomonidan tushuntirilishini tashkil qilish;

ko‘p qavatli uylar hovlisi va atrofi, yo‘l hamda ko‘cha chetlarining obodonlashtirilgan namunaviy ko‘rinishini tasdiqlash;

yo‘l va ko‘cha chetlaridagi bo‘sh yerlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha dastur tasdiqlash.

Kiritildi: 10:16 03.07.2024. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!