Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 14 yoshli qizning uyatsiz rasmlarini tarqatib yubordi

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 14 yoshli qizning uyatsiz rasmlarini tarqatib yubordi

Rossiyada 38 yoshli o‘zbekistonlik erkak 14 yoshli qizning uyatsiz rasmlarini tarqatib yubordi. U ayollar nomidan «profil» ochib qizlardan intim suratlarini olgan.

Bu haqda RF tergov bo‘limi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil noyabr oyida Moskva viloyatida vaqtincha yashovchi, bir necha yillardan beri ishlab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i orqali ayollar ismi bilan soxta sahifa yaratgan. 14 yoshli qiz bilan tanishib, pul evaziga uni intim fotosuratlarni yuborishga undagan. Keyinchalik u olingan suratlarni o‘z sahifasiga joylashtirgan.

Jabrlanuvchining onasi voqea haqida huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Ayblanuvchi jinoyatda o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 23:24 07.07.2024. O'qildi: 3976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!