Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Amerikaning 12 amaldori: «Biz G‘azodagi jinoyatlarga sherikmiz»

Amerikaning 12 amaldori: «Biz G‘azodagi jinoyatlarga sherikmiz»

7-oktyabrdan beri bosqinchi isroilning G‘azodagi qirg‘ini ortidan turli davlat idoralaridan iste’foga chiqqan 12 nafar amerikalik mulozim birinchi marta qo‘shma bayonot bilan chiqdilar, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati siyosati G‘azodagi falokatga olib keldi:

⭕️ Bayden ma’muriyatining G‘azo siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchradi va shu bilan birga AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda.

⭕️ isroilni diplomatik qo‘llab-quvvatlash va qurol-yarog‘ yetkazib berishning davom etishi Qo‘shma Shtatlarni «G‘azoda Falastin xalqini qirishga va majburan ochlikdan o‘ldirishga» sherik qildi.

⭕️ «Bu nafaqat axloqiy jihatdan qoralanadi, balki xalqaro gumanitar huquq va AQSh qonunlarining ochiqdan-ochiq buzilishidir.»

⭕️ «Mamlakatimizning siyosiy va iqtisodiy manfaatlari ham katta zarar ko‘rdi va Qo‘shma Shtatlar butun dunyoga sharmanda bo‘ldi».

Kiritildi: 23:50 07.07.2024. O'qildi: 2953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!