Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘ining ma’lum qilishicha, Yo‘l harakati qoidalarining 7-bandida YPX xodimlari tomonidan mexanik transport vositasi to‘xtatilganda so‘raladigan hujjatlar ro‘yxatiga asosan, gaz ballon hujjatini so‘rashga YPX xodimlarining xaqqi yo‘q.
Agar transpot vositasiga gaz ballon o‘rnatilganidan so‘ng, avtomashina qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, protokol tuzilishi mumkin.
Qayta ro‘yxat bilan [gaz ballonning] hujjatni adashtirmaslik kerak. Sababi qayta ro‘yxat bilan ballon hujjati boshqa-boshqa narsalar.
Transport vositasining texnik pasportiga gaz o‘rnatilgani haqida ma’lumotlar kiritiladi. Agar yuqoridagi ma’lumotlar [texnik pasportda] bo‘lmasa, avtomashina qayta jihozlanib, belgilangan hujjatlar yo‘qligi sababli jarima maydoniga olib boriladi