Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Yovvoyi otlar 200 yil o‘tib Qozog‘iston dashtlariga qaytdi

Yovvoyi otlar 200 yil o‘tib Qozog‘iston dashtlariga qaytdi

Ilgari Praga va Berlindagi hayvonot bog‘larida saqlanayotgan dunyodagi so‘nggi yovvoyi Prjevalskiy otlari Qozog‘istonga yetib keldi, deya The Guardian nashri xabar berdi.

Qozog‘iston dashtlarida so‘nggi 200 yil ichida ushbu oltita toychoq va ayg‘ir birinchi yovvoyi otlar bo‘lishi kutilmoqda. Ularning ajdodlari bu yerlarda ming yillar davomida yashab kelgan. Biroq 1960 yillarda yovvoyi otlar populyasiyasi inson faoliyati tufayli deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. Endilikda ularning tabiiy yashash joylarini tiklash rejalashtirilgan.

Qozog‘istonga kelgan otlar Myunxen va Praga hayvonot bog‘larida saqlanib qolgan ikki guruhga tegishli. Jami sakkizta jonivorni olib kelish rejalashtirilgan, ammo otlardan biri parvozni amalga oshira olmagan.

Praga hayvonot bog‘i mutaxassisi Filip Mashekning ta’kidlashicha, zamonaviy hayvonot bog‘ining asosiy maqsadi nafaqat yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarni himoya qilish va ko‘paytirish, balki ularni o‘zlari tegishli bo‘lgan yovvoyi tabiatga qaytarishdir.

Ular dunyoda qolgan yagona yovvoyi otlar. Mustanglar yovvoyi holga kelgan xonaki otlardir, — deya ta’kidlagan Mashek.

Kelgusi besh yil ichida Qozog‘istonga jami 40 ta ot tashish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 00:28 14.06.2024. O'qildi: 6065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!