Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

YouTube ishida nosozlik: butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar shikoyat qilmoqda

YouTube ishida nosozlik: butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar shikoyat qilmoqda

Bugun kunning ikkinchi yarmida YouTube’da jiddiy texnik muammolar kuzatildi. Minglab foydalanuvchilar videoplatforma umuman ochilmayotgani yoki juda sekin yuklanayotgani haqida xabar berdi, bu DownDetector xizmati ma’lumotlarida ham aks etgan.

Foydalanuvchilarning xabarlariga ko‘ra, eng ko‘p YouTube’ning veb-versiyasi zarar ko‘rgan. Sayt ko‘p hollarda ochilmagan, mobil ilova esa aksariyat hollarda nisbatan barqaror ishlagan. Ayrim foydalanuvchilar ekranida «502» xatolik kodi bilan bog‘liq xabar paydo bo‘lgan.

DownDetector ma’lumotlariga ko‘ra, eng yuqori paytda YouTube’ga kirishdagi muammolar haqida 11 mingdan ortiq kishi shikoyat qilgan. YouTube’ga egalik qiluvchi Google kompaniyasi hozircha nosozlik sabablariga izoh bermadi. Ayni paytda YouTube’ga kirish imkoniyati asta-sekin tiklanmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:33. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!