YouTube Belarus davlat ommaviy axborot vositalari — BelTA, ONT va STV kanallarini o‘chirib tashladi.
Bu haqda BelTA agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, YouTube bunday qarorni ushbu media tuzilmalarga nisbatan kiritilgan sanksiyalar tufayli qabul qilgan. Videoxosting saytida mazkur kanallardan foydalanish imkoniyati yo‘qolgan.
BelTA — Belarusning eng yirik davlat axborot agentligi. ONT va STV esa davlat telekanallari hisoblanadi.
YouTube ma’muriyati kanallarning o‘chirilishi yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermadi.