Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

YouTube 170 mln dollarlik jarimaga tortildi

YouTube 170 mln dollarlik jarimaga tortildi

4 sentyabr kuni Google kompaniyasga tegishli YouTube videoxostingi foydalanuvchilar ma’lumotlarini yig‘ishda yo‘l qo‘ygan qoidabuzarliklar uchun 170 mln dollar miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, videoxosting 13 yoshdan kichik foydalanuvchilar haqida ularning ota-onasi roziligisiz ma’lumotlar to‘plagan. Bu esa AQSh qonunlariga zid.

YouTube’ga nisbatan tergov olib borgan AQSh federal savdo komissiyasi qaroriga ko‘ra, videoxosting 136 mln dollarni jarima tarzida, yana 34 mln dollarni Nyu-York shtatiga to‘laydi.

Ayni vaqtda ushbu jarima Google va unga tegishli servislarga solingan eng yirik jarima hisoblanadi.

Kiritildi: 09:55 05.09.2019. O'qildi: 1880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!