Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yoshlarni ogoh etish burchimiz

Yoshlarni ogoh etish burchimiz

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyalari, tuman prokuraturasi va OAV xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bitiruvchi kursantlari uchun «Final» o‘quv kompleks mashg‘uloti hamda davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar tahlili, jinoyatlarni kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish hamda yosh avlod vakillarini qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratildi.

Uchrashuv davomida bo‘lajak tergovchilarga jinoyat ishlarini tergov qilish va ularni sudda ko‘rilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari va e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbirda akademiyaning faxriy ustozlaridan biri hisoblangan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, dosent A.Sharafutdinov hamda kursantlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Sanjar Abduganiyev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi

Kiritildi: 16:07 24.05.2022. O'qildi: 2466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!