O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi. «Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, «Kamalak» bolalar tashkiloti bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi. Bu lavozimda Murod Zufarov faoliyat yuritayotgan edi.
Kadrlar bo‘yicha o‘rinbosar O‘tkir Shukurov Markaziy kengash raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.