Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yoshi 5000 yilga borib taqaladigan 80 ta maqbara topildi

Yoshi 5000 yilga borib taqaladigan 80 ta maqbara topildi

Misr arxeologlari mamlakat shimolida 80 ta maqbarani topdi, deya xabar beradi “RBK” Misrning qadimiy ishlar bo‘yicha milliy vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib.

Qabrlar toshdan kesilgan, loy bilan avalsimon chuqurlarni o‘zida namoyish etadi. Bu qabrlar Daxaliya provinsiyasidagi qazish ishlari paytida topilgan.

Antioxiyaning Oliy Kengash bo‘yicha rahbari Mustafo al-Vaziriy bayonotiga ko‘ra, qabristonlar miloddan avvalgi to‘rtinchi ming yillikning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, u Daxaliyada loy qabrlarning topilishi birinchi holat ekanligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda boshqa shunga o‘xshash qabrlarni bu yerda topish mumkin.

Avvalroq, Misr arxeologlari Misrning Al-Minya provinsiyasidagi Tuna al-Gabal hududidan 16 ta qadimgi maqbaralarni topishgan edi.

Kiritildi: 19:25 14.02.2020. O'qildi: 2760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!