Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Yosh dizaynerlar uchun uchrashuv o‘tkazildi

Yosh dizaynerlar uchun uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 6 dekabr kuni Parij Xalqaro Moda Akademiyasi (AICP) va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qo‘shma fakulteti talabalari uchun soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda «ELLE Oʻzbekiston» bosh ijrochi direktori Oleg Drobot va moda sanoatining taniqli mutaxassisi, global brendlar bilan ishlash tajribasiga ega Karan Hurama hamda Parijdagi Xalqaro moda akademiyasining yetakchi professori — madam Marina Lesaj ishtirok etdi.

Tadbir davomida Karan Hurama yosh dizaynerlarga moda sanoatidagi so‘nggi yangiliklar, global biznes tizimining rivojlanishi va uning jahon bo‘ylab ta’siri haqida so‘zlab berdi. U, moda olamidagi o‘zgarishlar, yangi imkoniyatlar yaratish va sanoatning kelajagini shakllantirish borasida o‘z qarashlarini bildirdi. Hurama, shuningdek, o‘zining tajribasidan kelib chiqqan holda, yoshlarni muvaffaqiyatga erishish uchun kerakli ko‘nikmalar va zamonaviy yondashuvlar bilan tanishtirdi.

«ELLE Oʻzbekiston» bosh ijrochi direktori Oleg Drobot esa jurnali va brendi qanday qilib yangi chaqiriqlarga moslashayotganini, moda va media sohasidagi karyera imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi. U, shuningdek, moda sanoatining kelajagi, uning shakllanishi va yuksalishi yo‘llari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari, mutaxassislardan olingan qimmatli maslahatlar bilan tanishib media olamidagi yangi qarashlar va imkoniyatlardan xabardor bo‘lishdi. Bu uchrashuv yosh dizaynerlar uchun katta motivasiya manbai bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Karan Hurama — moda sanoatida o‘ziga xos o‘rni bor va jahon miqyosida mashhur bo‘lgan mutaxassis. U nafaqat dizayn, balki moda biznesi, brend menejmenti va marketing sohalarida ham faoliyat yuritadi. Hurama o‘zining tajribali yondashuvlari va global bozorlarga oid chuqur bilimlari bilan moda sohasida yangi tendensiyalarni yaratishda ishtirok etgan. U, shuningdek, moda brendlarini xalqaro miqyosda rivojlantirish va marketing strategiyalarini ishlab chiqishda katta rol o‘ynagan.

Kiritildi: 22:38 06.12.2024. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!