Yoqutistonlik sinoptiklar viloyat markazida havo harorati minus 51 darajagacha tushishi haqida ogohlantirdi. Bo‘ron haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.
"Xavfli ob-havo hodisasi haqida ogohlantirish. 2025 yilning 1 yanvaridan 4 yanvarigacha Yakutsk va uning atrofida g‘ayritabiiy sovuq ob-havo kuzatiladi, havoning o‘rtacha kunlik harorati iqlim me’yoridan 7°S va undan ko‘proqqa pasayadi", — deyiladi xabarda.
2 yanvar kuni prognozga ko‘ra, Yakutskda havo harorati kechasi minus 51 darajagacha tushishi mumkin.