Janubiy Koreya Kiyev so‘roviga ko‘ra harbiy yordam bilan yuk samolyotini jo‘natdi, deb yozadi “Yonhap” Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga tayanib.
“Biz Ukraina iltimosini inobatga olgan holda qo‘shimcha harbiy yuk jo‘natish to‘g‘risida qaror qabul qildik va tegishli materiallarni tashish uchun harbiy transport samolyotini jo‘natdik”, — dedi rasmiy.