Nashrga ko‘ra, gap rossiyalik harbiy — Yevgeniy ismli shaxs haqida ketmoqda. Kremlga yaqin jurnalist Kosti Heyskanenning ma’lum qilishicha, ushbu shaxs sobiq “Vagner” jangchisi Jaslan Mustaxanov bo‘lib, u shuningdek Yevgeniy Shpartun nomi va “Kanello” taxallusi bilan ham tanilgan.
“Mediazona” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Mustaxanov 1992 yilda Omsk shahrida tug‘ilgan, Ukrainada urush boshlanganiga qadar u olti marotaba sudlangan. 2023 yil kuzida u zargarlik do‘konini talon-toroj qilishda gumonlanib hibsga olingan va olti yilga qamalgan. Qachon va qanday sharoitda ozodlikka chiqqani hamda Ukrainadagi frontga qanday tushib qolgani noma’lum.