Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

A A A
Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Vazirlar Maxkamasining yirik bozorlarda jamoat tartibini saklash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saklash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan:

  • yirik bozorlarda jamoat tartibini saklash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek favqulodda holatlarning oldini olish va bartaraf etish choralarini tashkil etish tartibi;
  • video kuzatuv kameralari, signalizasiya tizimlari, yong‘in signalizasiyasi, tez yordam chaqirish tugmachalari va ovozli xabarnoma vositalari kabi xavfsizlik vositalari bilan yirik bozorlarni jihozlash talablari;
  • jamoat tartibini va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bo‘limlar (idoraviy xizmatlar) xodimlarining (harbiy xizmatchilarning) huquq va majburiyatlari;
  • ob’ekt ma’muriyati, sotuvchilar va ob’ektga keluvchi shaxslarning jamoat tartibini saklash va yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi huquq va majburiyatlari.

Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati ham keltirilgan.

Yirik bozor – Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimiyatlari tomonidan belgilanadigan joylarda doimiy yoki vaqtincha faoliyat yurituvchi 300 va undan ko‘p doimiy savdo nuqtalari va do‘konlari bo‘lgan mol-mulk majmuasi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 01.03. 2025 yildan kuchga kiradi.

Kiritildi: 11:05 02.12.2024. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!