Ukraina bosh qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Sirskiyning ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 30-dekabr holatiga ko‘ra, urushda 427 ming rossiyalik askar halok bo‘lgan yoki yaralangan.
Ukraina Mudofaa vazirligi 2 yanvar kuni e’lon qilgan bayonotda Rossiyaning o‘tgan yilgi yo‘qotishlari 430 790 nafarni tashkil qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning 2024 yildagi yo‘qotishlari kuniga o‘rtacha 1180 tani tashkil etadi va va har kvadrat kilometrga 103 ga yaqin yo‘qotishlar olingan.
Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, yil oxiriga kelib Rossiyaning yo‘qotishlari ko‘paygan. Mudofaa vazirligi eng ko‘p yo‘qotishlar noyabr oyida - 45 720 ta, dekabr oyida - 48 670 ta bo‘lganini ma’lum qildi. Ushbu rus askarlarining qanchasi halok bo‘lgani va qanchasi yaralangani noma’lum.