Joriy yilning o‘tgan davri davomida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida qiymati 71 065,1 mlrd so‘mlik 67 989,2 ming kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlangan va qayta hisob-kitob qilindi, deya xabar bermoqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati.
Bundan tashqari elektr energiyasi ta’minotida rejadan tashqari tekshiruv va monitoring tadbirlari natijasida 165 ta qoidabuzarlik aniqlanib, 32 531,2 mlrd so‘mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar hamda 23 635,2 mlrd so‘mdan ortiq o‘zlashtirish va talon-toroj qilish holatlari oldi olindi.
Nazorat va tahlil natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.