Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Yig‘ilishda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ishlatish tizimi ham o‘zgarishi ma’lum qilindi

A A A
Yig‘ilishda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ishlatish tizimi ham o‘zgarishi ma’lum qilindi

Bu jamg‘arma yoshlarni ko‘proq kasbga, tadbirkorlikka o‘rgatib, bandligini ta’minlashga xizmat qilishi kerak bo‘lsa-da, hokimlar atigi 10 foiz mablag‘ni bandlikka yo‘naltirgan, “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan 25 ta yordamning 5 tasidan foydalanmoqda. Shu sababli:

- endi yoshlarga kasbga o‘qish, mehnat quroli, urug‘-ko‘chatga subsidiya kabi turdosh xizmatlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati yaratiladi;

- urug‘ va ko‘chat uchun 2,5 million so‘m o‘sha hududdagi urug‘-ko‘chat xo‘jaliklaridan sotib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;

- “Yoshlar daftari” bilan ishlashda yoshlarni animasiya, dizayn, logistika operatori, gid kabi zamonaviy kasblarga o‘qitishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bu tizim bilan maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilari ham qamrab olinadi;

- bundan buyon “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘ining kamida 40 foizi aynan kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltiriladi;

- joriy yilda zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi va kamida 25 ming nafar yoshlar o‘qitiladi. Ehtiyojga qarab, bunga yana mablag‘ ajratiladi.

Kiritildi: 17:44 11.04.2023. O'qildi: 1629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!