Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yashnobod tumanidagi beo‘xshov manzara: bolalar muassasasi va alkogol mahsulotlari do‘koni nega yonma-yon? (foto)

Yashnobod tumanidagi beo‘xshov manzara: bolalar muassasasi va alkogol mahsulotlari do‘koni nega yonma-yon? (foto)

Ishdan qaytayotib, bir manzaraga ko‘zim tushib, bexos to‘xtadim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, bolalar muassasasi va alkogol mahsulotlari do‘koni yonma-yon turardi. 
Ajabo, bir-biriga qarama-qarshi dunyo bir yerda yonma-yon tursa-ya? Tasavvur qiling, mast-alast odamlar va bolalar bir zinaga qadam qo‘ysa... Bundan yomoni bo‘lmasa kerak. 
Tadbirkorlik sub’ektlariga do‘kon ochishga ruxsat berayotganlarning bu kabi “ikir-chikir”lar bilan nahotki ishi bo‘lmasa? 

Bu Yashnobod tumani Beshariq ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birining birinchi qavatida paydo bo‘lgan manzara. Qizig‘i, shu uyning o‘zida ikkita alkogol mahsulotlari sotadigan do‘kon bor ekan. Sal yurilsa, to‘qqiz qavatli uyning birinchi qavatida yana shunday do‘kon. 
Ba’zan ichib olib, mast holda jinoyat sodir qilayotganlarni zo‘r berib qoralaymiz. Lekin alkogol savdosiga keng yo‘l ochib beramiz. Bolalar uchun ochilgan bitta muassasa ham shunday do‘kon tufayli bu yerda xavf ostida qolgan. Axir bunday holatni ko‘rgan qaysi ota-ona bu yerga bolasini yetaklab kelardi? 

N.Abduraimova, O‘zA

Kiritildi: 18:49 18.09.2018. O'qildi: 2172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!