Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Yaqin vaqtlarda O‘zbekistondagi maktablar prinsip bo‘yicha moliyalashtirish tizimiga o‘tadi…

A A A
Yaqin vaqtlarda O‘zbekistondagi maktablar prinsip bo‘yicha moliyalashtirish tizimiga o‘tadi…

Bu tizimning maqsadini anglash hech kimga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ma’nisi shuki, maktabda o‘quvchi qancha ko‘p bo‘lsa, bu dargoh davlatdan shuncha ko‘p pul oladi. Mablag‘ ko‘payishi natijasida muallimlarning maoshi ham ortib boraveradi. Ko‘ribsizki, maktablar o‘zaro raqobatchiga aylanadi. Maktablar rahbarlari o‘z bilim dargohiga ko‘proq va ko‘proq o‘quvchini jalb etishga harakat qila boshlaydi. Shubhasiz, bu dargohlarga iloji boricha professional muallimlar taklif etilishi odatga va prinsipga aylanadi.

Bu yil yangi tajriba Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktablarda sinovdan o‘tkaziladi. 2019 yil boshidan esa butun respublika bo‘ylab tarqatilishi ko‘zda tutilgan. Kuchli maktablar o‘quvchi ko‘payishi natijasida o‘z shohobchalarini ham ochishga e’tibor qaratadi. Ana shu narsa respublikadagi past saviyada bilim beriladigan maktablarni yo‘qqa chiqaradi.

— Yaqin kelajakda, — dedi respublika bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abdulhakimov. — Maktablarni menejerlar boshqara boshlaydi. Demak, maktab direktoridan pedagogik ma’lumot talab etilmaydi. Maktablarda korporativ boshqaruv tizimi joriy etilib, bu direktor va o‘rinbosarlari mas’uliyatini aniq belgilab berishga qaratilgan. Maktab direktorlari (menejer) uchun sertifikasiya tizimi hamda respublika xalq ta’limi vazirligi yetakchiligidagi malaka oshirish amallari yo‘lga qo‘yiladi. Maktabdagi menejer, ya’ni, direktorning asosiy vazifasi shu maktabni kuchli va jozibali maskanga aylantirishdan iborat bo‘ladi. Qolaversa, biz kelgusida xususiy maktablar ko‘payishiga ham alohida e’tibor qaratishni rejalashtirganmiz.

Kiritildi: 01:12 18.07.2018. O'qildi: 1456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!