Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli Brent nefti narxi 70 dollarga chiqdi

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli Brent nefti narxi 70 dollarga chiqdi

Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyat hamda AQShning mintaqadan diplomatlarini olib chiqishi fonga chiqar ekan, neft narxi 5 foizga oshib, barreliga 70 dollar darajasiga yetdi.

12 iyun kuni neft bozorida keskin harakat kuzatildi — Brent navli neft narxi 5 foizga o‘sib, bir barreli uchun 70,22 dollar darajasiga chiqdi. Bu AQSh va Eron o‘rtasidagi yadroviy muzokaralardagi murakkablik va Isroilning ehtimoliy harbiy amaliyotlari sabab yuzaga kelgan xavotirlar fonida sodir bo‘ldi.

AQSh prezidenti Donald Tramp yadroviy kelishuv borasida shubhalarini bildirib, «Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerak» degan qat’iy bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdan faqat zaruriyatsiz diplomatik va harbiy personal olib chiqiladi. Iroq, Kuvayt va Bahrayndagi elchixonalarda qisman evakuasiya boshlangan.

Shu bilan birga, CBS News manbalari Isroil Eronga qarshi harbiy operasiyani boshlash arafasida ekanini ma’lum qilgan. The New York Times nashri esa Eron harbiy rahbariyati javob zarbasi rejasini ishlab chiqqanini xabar qilmoqda. Eron mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda «AQSh bazalari zarba yetishi masofasida» ekanini eslatgan.

Neft bozoridagi ushbu o‘zgarishlarga OPEC+ mamlakatlarining so‘nggi oylarda ishlab chiqarish hajmini oshirgani ham fon yaratib bergan. Ammo geosiyosiy xavfning kuchayishi bozordagi texnik omillarni ikkinchi darajaga tushirib, xavotirlar natijasida qisqa muddatli keskin o‘sishga olib keldi.

RBC Capital Markets’ning global xomashyo strategiyasi direktori Xelima Kroft AQSh razvedkasidagi sobiq tahlilchi sifatida bu turdagi evakuasiya qarorlari jiddiy tahlillar asosida qabul qilinishini va Yaqin Sharqdagi vaziyat xavfli bosqichga o‘tayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:36 12.06.2025. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!