Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner porti — Jebel Ali porti — mintaqadagi keskinlik sabab faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, dunyodagi eng yirik dengiz tashuv kompaniyasi — MSC Mediterranean Shipping Company — Yaqin Sharqqa yuk bron qilishni to‘xtatgan. Shuningdek, A.P. Moller-Maersk va Hapag-Lloyd Hurmuz bo‘g‘ozi orqali barcha qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan.
Ta’kidlanishicha, logistikadagi uzilishlar savdo, turizm, transport va moliyaga tayanadigan Dubay kabi biznes markazlari uchun jiddiy zarba bo‘lmoqda. Mintaqa ilgari xavfsiz hudud sifatida qaralar edi.