Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yaponlar plastmassadan elektrokar yig‘ishdi

A A A
Yaponlar plastmassadan elektrokar yig‘ishdi

Yaponiyada bir guruh olimlar asosan plastmassadan tayyorlangan elektrokar yaratishdi.  

Konsept-kar Tokioda 28 sentyabrda taqdim qilingan. Mashina Yaponiya vazirlar mahkamasining innovasion texnologiyalarni yaratish dasturi doirasida ishlab chiqilgan. Bu mashina 4 metrdan uzunroq bo‘lib, korpusining deyarli 90 foizi maxsus ishlab chiqilgan sintetik materialdan tayyorlangan. 

Ta’kidlanishicha, yangi avtomobil standart modeldagidan 40 foiz yengilroqdir va ikki marta kamroq yoqilg‘i sarflaydi. Shuningdek, yangi modelning ommaviy ishlab chiqarilishi atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid qilinmoqda. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 05:45 29.09.2018. O'qildi: 1294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik