Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Fukuoka prefekturasidagi Nakagava shahridagi turar-joy massivida maymun hujumi oqibatida ikki bola yaralandi.
Bu haqda NHK telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, jonivor lombarlardan biriga kirib, besh yoshli bolaning bel qismidan tishlab olgan.
Biroz vaqt o‘tgach, uy yaqinidagi hovlida o‘ynab yurgan to‘rt yoshli bolaga maymun hujum qilgani ma’lum bo‘ldi.
Bolalar hayotiga hech qanday xavf yo‘q. Polisiya mahalliy aholidan ehtiyot bo‘lishni so‘ramoqda.