Bugun 2 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiyada velosipedda telefondan foydalanganlik uchun qamoq jazosi joriy etildi

Yaponiyada velosipedda telefondan foydalanganlik uchun qamoq jazosi joriy etildi

Yaponiyada mobil telefondan foydalanib velosiped haydaganlar, yangi qoidaga ko‘ra, olti oygacha qamoq yoki 100 ming iyen (660 dollar) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

– Velosiped haydayotgan payt qo‘lingizdagi smartfon bilan qo‘ng‘iroq qilish yoki ekranni tomosha qilish taqiqlanadi, – deyilgan Milliy polisiya agentligi bayonotida.

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, velosipedchilar yo‘lda telefondan foydalanishi oqibatida sodir bo‘lgan ba’zi baxtsiz hodisalar piyodalar o‘limiga sababchi bo‘lmoqda.

Mamlakatda yo‘l-transport hodisalarining umumiy soni kamayib borayotgan bo‘lsa-da, velosipedlar bilan bog‘liq salbiy ulush ortmoqda.

Mahalliy OAV yozishicha, 2023 yil kun chiqar yurtda 72 mingdan ortiq velosiped ishtirokidagi halokat qayd etilgan. Bu mamlakatdagi barcha yo‘l-transport hodisalarining 20 foizidan ham ko‘p.

Ko‘plab mamlakatlardan farqli o‘laroq, Yaponiyada asosiy yo‘lda velosiped haydashga ruxsat berilgan. O‘tgan yil rasmiylar velosipedchilar uchun maxsus bosh kiyimi kiyishni majburiy qilib qo‘ygan.

Yangi qoidaga ko‘ra, mast holatda velosiped boshqargan “sohib” uch yilgacha qamoqqa tiqilishi yoki 500 ming iyenagacha jarimaga tortilishi mumkin.

Velosipedchilarga spirtli ichimlik taklif qilganlar ikki yilgacha qamoq yoki 300 ming iyena miqdorida tovon to‘lashga majbur.

Yangi qonun kuchga kirgandan bir necha soat o‘tgach, Osaka ma’murlari allaqachon beshta qoidabuzarlik, jumladan mast holatda velosiped haydab ushlangan ikki erkak qayd etilganini tasdiqladi.

Kiritildi: Bugun 10:54. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!