Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Yaponiyada sakura gulladi

A A A
Yaponiyada sakura gulladi

Bu yaponlarning "Sakura bayrami" ibtidosini anglatadi.

Ob-havo idorasining ushbu e’lonidan keyin millionlab insonlar bog‘larga, olchazorlarga sayrga otlanadilar.

Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, bu yil olcha gullashi bir kun kech boshlangan, biroq ba’zilarga ko‘ra, global iqlim o‘zgarishi tufayli bu yilgi g‘uncha ochilishi tarixiy o‘rtacha fursat deb ko‘rilgan kundan olti kun ilgari sodir bo‘lmoqda.

Asrlar mobaynida olcha daraxtining gullashi Yaponiya, yapon xalqi hayotida o‘ziga xos o‘rin egallab kelgan, Sakura gullashi haqiqiy bahor kelgani demakdir.

Mamlakatda maxsus olcha daraxtlari o‘tqazilib, ular doimo nazorat qilib turiladi, besh yoki olti dona guli ochilgan daraxt o‘sha mintaqada bahor kelganini anglatadi. 

Kiritildi: 04:46 28.03.2021. O'qildi: 4123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!