Bugun 15 may, 2026 yil, juma

КИР

Yaponiyada oq yo‘lbars hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi

A A A
Yaponiyada oq yo‘lbars hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi

Yaponiyadagi hayvonot bog‘laridan birida kamyob oq yo‘labrs unga qarovchi xodimni g‘ajib tashladi. 40 yoshli Akiru Furushi hodisa qurboni bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Hodisa Kagosima shahrida yuz bergan. Erkak oq yo‘lbarsning qafasida bo‘ynidagi jarohatlari bilan hushsiz holda topilgan. U tezlik bilan kasalxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar unga yordam berishga ulgurmagan.

Xodimga hujumdan keyin o‘q yo‘lbars uxlatuvchi dori yordamida uxlatilgan. Hodisa joyiga polisiyachilar va qutqaruvchilar ham yetib kelgan.

Hayvonga nisbatan qanday choralar qo‘llanilishi va uning keyingi taqdiri hozircha noma’lum.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 07:00 10.10.2018. O'qildi: 7375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!