Yaponiyaning Kansay aeroportiga yo‘naltirilgan kamida oltita reys aeroportning cheklangan hududida shubhali shaxs tufayli boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi.
Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.
Kansay aeroportining xavfsizlik zonasiga bostirib kirganligi haqida ma’lumot olinganidan so‘ng, uchish-qo‘nish yo‘laklari taxminan bir soatga yopilgan. Biroz vaqt o‘tgach, shubhali shaxs qo‘lga olindi va polisiya uni so‘roq qilmoqda.
Bu vaqt ichida bir nechta reyslar bekor qilindi va oltita samolyot boshqa aeroportlarga yo‘naltirilishiga to‘g‘ri keldi.