Yaponiyada sobiq tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida hukmron Liberal-demokratik partiyaga (LDP) yangi rahbar etib saylandi. U sobiq mudofaa vaziridan 87 ta ko‘p ovoz to‘plab, mamlakatning yuzinchi bosh vaziriga aylanish imkoniga ega bo‘ldi.
Fumio Kisida saylovlarning ikkinchi bosqichida 427 tadan 257 ta ovoz to‘pladi. Uning raqibi, sobiq mudofaa vaziri Taro Kono 170 ta ovoz oldi. Shunday qilib, Kisida LDP yangi raisi lavozimini egalladi va tez orada u Yaponiyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi.
Caylovda Taro Kono va Fumio Kisidadan tashqari, avval bir qator vazirlik lavozimlarida ishlagan Sanae Takaiti va Seiko Noda ishtirok etgan. Lekin ular saylovning birinchi bosqichida yetarli ovoz to‘play olmagani sababli keyingi bosqichga o‘tolmagan.
Yangi hukumat rahbarligiga nomzod 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament sessiyasida tasdiqlanadi.