Yaponiyada butun hukumat iste’foga chiqdi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar bermoqda.
Shu yo‘l bilan liberal-demokratik partiyasi (LDP) raisligi uchun o‘tkazilgan saylovlarni g‘alaba bilan boshlagan va hukumat boshlig‘i lavozimini egallagan mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe yangi vazirlar kabinetini tuzish va zarur o‘zgarishlar kiritish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
18 nafar sobiq vazirlardan faqatgina uchdan bir qismi yangi vazirlar mahkamasida ishtirok etishi kutilmoqda. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu lavozimlar Abening yaqin hamkorlari — Transport vaziri Keyiti Isii, Tashqi ishlar vaziri Taro Kono, Moliya vaziri Taro Aso, Hukumat Bosh kotibi Yosixide Suga va Iqtisodiyot, Sanoat va savdo hamda Rossiya bilan Iqtisodiy hamkorlik vaziri Xirosige Sekolar bo‘lishi mumkin.