Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yaponiyada baliqchilar kemasi ag‘darilib ketdi

A A A
Yaponiyada baliqchilar kemasi ag‘darilib ketdi

NHK telekanaliga ko‘ra, ekipajning ikki nafar a’zosi halok bo‘lgan.

Ibaraki prefekturasi yaqinida bortida 20 kishi bo‘lgan baliqchilar kemasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda Yaponiya jamoat televideniyesi xabar berdi.

NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruv ishlari davomida 17 nafar ekipaj a’zosi topilgan, ulardan 2 nafari halok bo‘lgan.

Uch nafar baliqchi bedarak yo‘qolgan, ularni qidirish ishlari davom etmoqda. Qidiruv operasiyasida mamlakat qirg‘oq xavfsizligi xizmatining kemalari va vertolyotlari ishtirok etmoqda, deb xabar beradi tass.ru.

Kiritildi: 01:10 07.01.2025. O'qildi: 1866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik