Ovchilik bo‘yicha mutaxassislar polisiya huzurida jigarrang ayiqni otib tashlashdi.
Ayiq Yaponiyaning Sapporo shahridagi aviabazada shov-shuvga sabab bo‘ldi va to‘rt kishini, jumladan, nazorat punktida navbatchi askarni yaraladi, deb xabar berdi Kyodo.
"Men hech qachon bunchalik tez yuguraman deb o‘ylamagan edim. Albatta, qo‘rqardim va yuragim ko‘kragimdan chiqib ketadi deb o‘ylardim", dedi 75 yoshli Toshishi Ogasavara.
Undan tashqari, 80 yoshli ayol, 40 yoshli erkak va Yaponiya o‘zini o‘zi himoya qilish kuchlarining Okadama aviabazasiga kirishni qo‘riqlayotgan askar yirtqichning panjasidan jarohat olishdi. Ularning barchasi o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonada.
Ayiq uylar va maktablar joylashgan shaharning chekkalarini besh soat atrofida aylanib chiqdi va uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab yugurayotganda mahalliy aeroportning ishini yarim soatga yaqin to‘xtatib qo‘ydi.
Polisiya va ovchilar yordamga chaqirilgandan so‘ng, ayiq aviabaza yaqinidagi chakalakzorda panoh topdi, ular vertolyot yordamida ayiqni ta’qib qilishga muvaffaq bo‘lishdi, shundan keyin hayvon otib tashlandi.