Yaponiya va Mo‘g‘uliston o‘rtasida mudofaa texnikasi va texnologiyalarini uzatish bo‘yicha kelishuv tuzildi.
Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Bitimni Yaponiyaning Ulan-Batordagi elchisi Masaru Igavaxara va Mo‘g‘uliston mudofaa vaziri Sandagiin Byambasogt imzoladi.
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi kelishuv qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, jumladan, xalqaro maydonda tinchlik va barqarorlikka erishishga hissa qo‘shadigan loyihalarni amalga oshirish uchun mudofaa texnikasi va texnologiyalarini uzatish imkonini berishini qayd etdi. Shuningdek, u mudofaa texnikasi va texnologiyasini uchinchi shaxsga topshirish yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Bitim Tokio va Ulan-Bator o‘rtasida mudofaa texnikasi va texnologiyalari sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, Yaponiya mudofaa sanoatining ishlab chiqarish va texnologik bazasini saqlash va takomillashtirishga yordam beradi va shu orqali Yaponiya xavfsizligiga hissa qo‘shadi.