Shimoliy Koreya seshanba kuni ertalab yettita qisqa masofali ballistik raketa uchirdi.
Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Gen Nakatani ma’lum qildi.
"Kamida yettita raketa 100 km balandlikda 400 km masofani bosib o‘tdi", — dedi G.Nakatani.
Raketa uchirilgani haqida avvalroq Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xabar bergan edi. Raketalar Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushdi.
Yaponiya hukumati diplomatik kanallar orqali Pxenyanga norozilik bildirgan.