Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan 3 milliard dollar foydani Ukrainaga o‘tkazadi

Yaponiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan 3 milliard dollar foydani Ukrainaga o‘tkazadi


Bu haqda Vladimir Zelenskiy Yaponiya bosh vaziri Sigeru Ishiba bilan telefon suhbatidan so‘ng ma’lum qildi. Bir oy oldin Tokio G7 mamlakatlari tashabbusi doirasida Ukrainaga xuddi shunday miqdorni ajratgan edi: u Kiyevga Rossiya aktivlari garovi bilan umumiy qiymati 50 milliard dollar miqdorida kredit berishni nazarda tutadi.

Zelenskiy Sigeru bilan suhbatda Yaponiya hukumati va xalqiga “minglab odamlarning hayotini saqlab qolish imkonini beruvchi umumiy qiymati 12 milliard dollarlik barcha yirik gumanitar va moliyaviy yordam uchun” minnatdorchilik bildirdi.

Yaponiya Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshidan beri Kiyevga moliyaviy, gumanitar va noharbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Kiritildi: 04:38 27.12.2024. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!