Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashda davom etadi

Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashda davom etadi

Yaponiya mamlakatning eng yirik savdo uylariga may oyida Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan delegasiyaga qo‘shilish so‘rovi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Minoru Kixara matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Kyodo axborot agentligining hukumat yetakchi yapon savdo kompaniyalaridan Rossiyaga safarda ishtirok etishni so‘raganligi haqidagi xabari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

"Ushbu ma’lumotlarning haqiqatligiga kelsak, bu haqiqat emas. Yaponiya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashda davom etadi", dedi Kihara.

Avvalroq Kyodo manbalarga tayanib xabar bergan ediki, Yaponiya rasmiylari go‘yoki Ukrainadagi urush tugaganidan keyin yapon kompaniyalarining Rossiyadagi faoliyatini to‘liq qayta boshlashini kutmoqda. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat go‘yoki Mitsubishi, Mitsui, Itochu, Sumitomo Corp, Marubeni va Mitsui O.S.K Lines yuk tashish kompaniyasiga shunday so‘rov yuborgan.

Kiritildi: Bugun 16:30. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!