Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh Yapon dengizida mashg‘ulotlarni boshladi

A A A
Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh Yapon dengizida mashg‘ulotlarni boshladi

Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya harbiy-dengiz kuchlarining raketalarga qarshi mudofaa bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlari Koreya yarimorolidagi vaziyatning yangi keskinlashuvi fonida o‘tkazilmoqda. Ittifoqchilar harbiy hamkorlikni chuqurlashtiryapti.

Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya Yapon dengizining xalqaro suvlarida raketaga qarshi mudofaa mashqlarini boshladi. 17 aprel dushanba kuni mashg‘ulotlarda Janubiy Koreyaning 60 dan ortiq harbiy samolyotlari, jumladan F-35A, F-15K va KF-16 qiruvchi samolyotlari, shuningdek, AQSh harbiy-havo kuchlarining 40 ga yaqin samolyotlari, jumladan F-16 qiruvchi samolyotlari, dengiz piyodalari korpusining A-10 va F-35B hujumkor samolyotlari, FA-18 reaktiv samolyotlari qatnashmoqda. Bundan tashqari, ularda Janubiy Koreyaning Yulgok Yi I esminesi, Amerikaning USS Benfold raketa esminesi va Yaponiyaning Atago kemalari ishtirok etmoqda.

Qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va KXDR tomonidan ortib borayotgan raketa tahdidlariga samaraliroq qarshi turishga qaratilgan, deb xabar berdi Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari. Ularning maqsadi - uch mamlakat qiruvchi samolyotlarining o‘zaro muvofiqligi va kombinasiyalangan operasion imkoniyatlarini oshirish.

Manyovrlar diplomatik va harbiy hamkorlikni kuchaytirish doirasida raketalarga qarshi va suvosti kemalariga qarshi mudofaa mashg‘ulotlarini muntazam o‘tkazish bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar yakunlari bo‘yicha Vashingtondagi kelishuvdan bir necha kun o‘tib o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:44 17.04.2023. O'qildi: 1946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!