Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yaponiya elektr energiyasini tejash rejimini joriy qiladi

Yaponiya elektr energiyasini tejash rejimini joriy qiladi

Yaponiya hukumati yetti yil ichida birinchi marta energiya tejash rejimini joriy qildi va fuqarolar va korxonalarni yoz uchun iste’molni oqilona kamaytirishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Bu qaror Yaponiyaning Okinava janubi va shimoldagi Xokkaydo orolidan tashqari deyarli barcha hududlarida kuchli jazirama to‘lqini boshlanishi bilan elektr quvvati zaxirasi koyeffisiyenti 3,7 foizga yetib borishi mumkinligidan qo‘rqish tufayli qabul qilindi.

Fuqarolarga tejamkorlik talabi issiqlik urishining oldini olish maqsadida kondisioner va boshqa elektr jihozlaridan foydalanishni nazarda tutayotgani tushuntirildi. Shu bilan birga, aholiga elektr energiyasini ikkilamchi maqsadlarda, jumladan, do‘konlarda reklama lavhalari, yoritish moslamalari va televizorlar namoyishini kamaytirishga chaqirildi.

Kiritildi: 09:45 01.07.2022. O'qildi: 2832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!