Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Yaponiya bosh vazirining reytingi pasayishda davom etmoqda

Yaponiya bosh vazirining reytingi pasayishda davom etmoqda

Oxirgi so‘rov natijalariga ko‘ra, Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isibaning reytingi pasayishda davom etmoqda.

Ko‘rsatkich 3,5 foiz punktga tushib, 36,5 foizni tashkil etdi. Noyabr oyi o‘rtalarida o‘tkazilgan avvalgi jamoatchilik fikri so‘rovi natijalari bilan solishtirganda, norozilik darajasi 43,1 foizga oshgan, bu Sigeru Isiba hukumatining asosiy qonunlar va mamlakat byudjetini qabul qilish qobiliyatiga shubha bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, respondentlarning 66 foizi davom etayotgan janjallar fonida siyosiy mablag‘lardan foydalanishda shaffoflikni oshirishni talab qilgan, 85,5 foizi esa saylovlar vaqtida ijtimoiy tarmoqlardagi dezinformasiyalar haqida xavotir bildirdi.

Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda jami 1056 kishi ishtirok etdi.

Kiritildi: Bugun 10:28. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!