Bugun 1 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Yaponiya Bosh vazir avgust oyida Qozog‘istonga tashrif buyuradi

Yaponiya Bosh vazir avgust oyida Qozog‘istonga tashrif buyuradi

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayaci bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bosh vazir Fumio Kishida avgust oyida Markaziy Osiyoning beshta davlati ishtirokidagi sammitda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Yaponiyaning Kyodo News xabariga ko‘ra, Yoshimasa Xayaci 2004 yilda Yaponiya tashqi ishlar vazirlarining beshta Markaziy Osiyo davlati bilan uchrashuvi mexanizmini ishga tushirganiga 20 yil bo‘lganini ta’kidladi. Yoshimasa Xayaci Yaponiyaning Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan aloqalari haqida gapirdi.

“Do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlik chuqurlashdi”, – dedi u.

Yoshimasa Xayaci, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumini hisobga olib, erkin va ochiq qonun ustuvorligiga asoslangan xalqaro tartibni saqlash va mustahkamlash uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik har qachongidan ham muhimroq ekanini aytdi.

Kiritildi: 22:35 26.06.2024. O'qildi: 880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!