Yangiyo‘l tumanidagi xonadonda sodir bo‘lgan gaz portlashi natijasida zarar ko‘rgan oilaning uyi to‘liq ta’mirlab beriladi, deya xabar bermoqda Yangiyo‘l tuman hokimligi axborot xizmati.
Yangiyo‘l tumani «Qirariq» mahallasidagi Istiqlol ko‘chasida joylashgan Namunaviy loyihalar asosida 2016 yilda qurilgan 80-sonli uyda 2020 yil 30 noyabr kuni soat 07:42 da gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida uyning portlashi va yong‘in kelib chiqishi natijasida uyning yuk ko‘taruvchi devorlari qulab tushgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, tuman hokimligi tomonidan quyidagi birinchi yordamlar berildi:
Bundan tashqari 4 ta sektor rahbarlarining boshchiligida tadbirkorlar bilan hamkorlikda talafot etgan uyning ko‘rilgan zararlari 100 foiz qoplab berilishi ma’lum qilindi.
Ushbu xonadon va shifoxonaga ayni vaqtda yotqizilgan jabrlanganlar Yangiyo‘l tumani 4 ta sektor rahbarlarining doimiy nazoratiga olindi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu portlash yuzasidan Yangiyo‘l tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.