Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlardan birida sher bolasi boqilayotgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent hayvonot bog‘i matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Ekologiya vazirligi xodimlari jonivorni Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelgan. Arslon bolasi noto‘g‘ri sharoitda saqlangani va to‘g‘ri ovqatlantirilmagani qayd etilgan.