Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Yangihayot kichik tumaniga Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosarlaridan biri hokim bo‘ladi

Yangihayot kichik tumaniga Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosarlaridan biri hokim bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 29 may kuni Sergeli tumanidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishgach, faollar bilan muloqot qildi.

Muloqot chog‘ida davlat rahbari tumandagi Choshtepa va Qipchoq mavzelari negizida  Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida Yangihayot kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirdi.

«O‘zbekiston 24» telekanali reportajidan ma’lum bo‘lishicha, Shavkat Mirziyoyev yangi tumanning hokimi lavozimiga Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hayot Ilyosovich Inog‘omov nomzodini taklif qilgan.

34 yoshli Inog‘omov 2018 yildan oktyabridan buyon Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Bunga qadar u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazi Direksiyasi DUK direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Inog‘omov 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2008 yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutini tamomlagan.

 

Kiritildi: 08:47 30.05.2020. O'qildi: 3107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!