Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Yangiyer shahrida ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan qotil Tojikiston fuqarosi bo‘lib chiqdi

Yangiyer shahrida ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan qotil Tojikiston fuqarosi bo‘lib chiqdi

2019 yilning 20 oktyabrida Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri «Shodlik» mahallasi Mamadaliyev ko‘chasida 1992 yilda tug‘ilgan L.G. o‘z xonadonida o‘lik holatda topilgan.

Bosh prokuratura axborot xizmatining ma’lum qilishicha, murdada qotillik alomatlari bo‘lgan. Sudga oid tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limiga bo‘ynidan bo‘g‘ish oqibatida mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha Yangiyer shahar prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari jarayonida L.G. Tojikiston fuqarosi S.A. bilan yashab kelgani va 2019 yil 20 oktyabr soat 11:00 larda ularning o‘zaro janjallashgani oydinlashdi.

Janjalda ayol S.A.ni OITS (SPID) bilan kasallanganini aytib uni haqorat qiladi va g‘azablangan erkak L.G.ni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘yadi. Qotillikdan keyin S.A. tergov va suddan yashirinish uchun «Xovosobod» chegara maskani orqali Tojikistonga qochib ketgan.

Tezkor-qidiruv ishlari natijasida S.A. Tojikiston Respublikasi, So‘g‘d viloyati, Panjakent shahar IIBga sodir etgan jinoyatiga iqrorlik bildirib murojaat qilgani aniqlangan.

Tergov organi S.A. qotillik ishi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, sudning 22 oktyabrdagi ajrimi bilan sirtdan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ayblanuvchi S.A. Tojikiston fuqarosi bo‘lgani sababli jinoyat ishi bo‘yicha tergovni davom ettirish Bosh prokuratura orqali qo‘shni mamlakat prokuraturasiga yuborilgan.

Kiritildi: 11:31 14.12.2019. O'qildi: 2939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!