Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yangicha trend: erkaklar orasida soch va soqolni to‘q sariq rangga bo‘yash urfga kirdi

Yangicha trend: erkaklar orasida  soch va soqolni to‘q sariq rangga bo‘yash urfga kirdi

Bangladesh poytaxti Dakkada yorqin rangdagi soch va soqol modaga aylandi. Chunki, erkaklar xinadan keng foydalanishni boshlashdi. ”Men oxirgi ikki oy davomida sochlarim uchun xinadan foydalanyapman. Menga bu yoqadi», deydi 50 yoshli Mahbubul Bashar. 60 yoshli Abul Mi: «Bu menga judayam yoqdi. Oila a’zolarim yangi rangdagi soqol bilan juda yosh va kelishgan ko‘rinishimni aytishdi”,  deydi.

Xina mamlakatda o‘nlab yillar davomida keng qo‘llanilgan bo‘lsa-da, hozirgi kunda u mashhurlikning yangi bosqichiga chiqqan. Bangladesh ko‘chalarida rangli soqol qo‘ygan kishilarni har qadamda uchratish mumkin.

Xina surtish qadimdan Janubiy Osiyo to‘ylarida an’anaga aylangan. Kelinlar va kuyovlar xinadan foydalanib, qo‘llariga murakkab naqshlarni chizdirishadi. Bundan tashqari, u uzoq vaqt Osiyo va Yaqin Sharqdagi musulmon jamoalarida soqol uchun ishlatilgan. Ba’zilar xinaning sog‘liq uchun foydalari borligiga ishonishadi,  chunki u tabiiy va hech qanday tibbiy muammolarga olib kelmaydi.

Xinadan foydalanishning ommalshishiga diniy sabab ham mavjud. Bangladeshdagi nufuzli imomlar xinadan tobora ko‘proq foydalanmoqdalar, chunki ba’zi diniy matnlarda Muhammad S.A.V. sochlarini bo‘yagan deyiladi. Bangladeshdagi 168 million odamning aksariyati musulmonlardir. “Men din peshvolaridan Muhammad alayhissalomning soqollariga xina surtganlarini eshitganman. Men shunchaki payg‘ambarimizga ergashyapman”,  deydi Dakkalik Abu Tohir.

Dakka universiteti professori Monirul Islom Xonning so‘zlariga ko‘ra,  xinadan foydalanishning ommalashishi Bangladesh jamiyatidagi musulmonlarning dinga nisbatan ishtiyoqlari oshib borayotganidan dalolatdir.

 

Kiritildi: 22:45 22.10.2019. O'qildi: 2942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!