Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yangi Zelandiyadagi terror: Qahramon Abdulaziz terrorchini chalg‘itmaganida...

Yangi Zelandiyadagi terror: Qahramon Abdulaziz terrorchini chalg‘itmaganida...

48 yoshli Abdulaziz juma namozi vaqtida o‘q ovozlarini eshitdi. O‘zi bilan turgan 4 ta bolasini Linvud Islomiy markazi masjidi ichida qoldirib tashqariga, terrorchiga qarshilik ko‘rsatishga yugurdi.

Uning bolalari Iltimos, dada, ichkariga keling , deb yolvorishdi. U esa Sizlar ichkariga yashirinib turinglar, hammasi yaxshi bo‘ladi , dedi. U yo‘lida davom etib, kichik pul yechadigan terminalni qurol sifatida foydalanish uchun olarkan, yo‘lakda 2 nafar kishining jasadini ko‘rdi.

Abdulaziz tashqariga yaqinlashar ekan, terrorchining o‘z mashinasiga qarab, o‘qi tugagan avtomatini tashlab boshqasini olishga ketayotganini ko‘rdi va unga qarab bor kuchi bilan terminalni uloqtirdi. Bu vaqtda yangi avtomatini olishga ulgurgan qotil Abdulazizga qarab 4-5 marta o‘q uzdi. Abdulaziz mashinalarga panalab o‘q tegishidan o‘zini himoyaladi. Ayni shu vaqtda Abdulaziz qotil tomonidan yerda yotgan bo‘sh miltiqni olib, yana qo‘shimcha qurol olish uchun mashinasiga qaytib kirgan terrorchiga hujum qildi.

Abdulaziz aytadi: Men u bolaga qarab: Kel bu yoqqa, mana men, bu yerdaman , deb baqirardim. Uning masjid ichiga qaytib kirishidan xavotirlanib, menga e’tibor qaratishini istardim. U mening qo‘limda turgan miltiqni ko‘rib, qo‘lidagisini tashlab yugurdi. Men uning orqasidan quvib borib, ikkinchi miltiqni olganimda, uning ham bo‘shligiga guvoh bo‘ldim (o‘ylaymanki, terrorchi ikkinchi miltig‘ini olganida, uning o‘qdonini olishni unutgan).

Terrorchi mashinadaligida, Abdulaziz qo‘lidagi bo‘sh qurolini bor kuchi bilan u tomonga uloqtirdi. Oqibatda, mashinaning oynasi sinib tushdi. Qurol mashina oynasiga urilib qattiq tovush chiqarib oyna sinib ketganini ko‘rgan qotil biroz shokka tushdi deydi u.

Abdulazizning aytishicha, terrorchi unga qarab so‘kingan va masjidga qaytib kirishdan cho‘chib, mashinasini yurg‘izgan. Abdulaziz uning ortidan yugurgan, ammo ko‘cha boshidagi svetoforning qizil chirog‘i yonib, yo‘lning bo‘shashi terrorchiga qo‘l kelgan va qochib, ichida g‘oyib bo‘lgan. Abdulaziz masjidga qaytganida, juda ko‘pchilik do‘stlarining yaralanganini ko‘rdi.

U hozirgi paytda, terrorchiga qarshilik ko‘rsata olgani uchun ham qahramon deya e’tirof qilinmoqda.

Masjidda imomlik qilib turgan Latif Alabi: Abdulaziz bu terrorchining orqasidan quvishi natijasida biz omon qoldik. Aks holda, u masjidga qaytib kela olganida, hammamiz vafot etgan bo‘lardik , deydi.

Abdulaziz esa kamtarona: Men o‘zimni qahramon deb o‘ylamayman. Mendan boshqasi bo‘lganida ham ayni shu ishni qilgan bo‘lardi. Odamlarga yordam berish insoniylik burchimdir , deydi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 12:54 18.03.2019. O'qildi: 5397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!