Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Yangi Zelandiya bosh vaziri: “U bir terrorchi, ismini og‘zimga olmayman”

Yangi Zelandiya bosh vaziri: “U bir terrorchi, ismini og‘zimga olmayman”

Kraystcherch shahridagi ikki masjiddagi teraktlarda ellik kishi halok bo‘lganidan so‘ng Yangi Zelandiya parlamenti ilk bor yig‘ilish o‘tkazdi.

Yevronyus xabariga ko‘ra, parlamentda nutq so‘zlagan mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern terrorchining ismini og‘ziga olmasligini va uning mashhurlikka erishishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgan.

U bir terrorchi, jinoyatchi. Lekin men gapirganimda ismini aytmayman, dedi bosh vazir. U yomonlik bilan nom chiqarishni istagan edi. Biroq Yangi Zelandiyada unga hech narsa bermaymiz. Hatto ismini ham tilga olmaymiz .

Ardern ijtimoiy tarmoqlarning qatliomdagi rollari o‘rganilishini ma’lum qildi. U ijtimoiy tarmoqlar shunchaki pochtachi emas, efirga chiquvchi ekanini ham aytib, tarmoqlar mas’uliyatli bo‘lishi kerakligini, hamma narsa ham foyda olish bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.

Bosh vazir yana bir bor Yangi Zelandiyada qurol haqidagi qonunlar o‘zgarishini bildirdi.

Jasinda Ardern nutqini assalomu alaykum deya boshladi.

Kiritildi: 15:58 20.03.2019. O'qildi: 2352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!