Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Yangi o‘quv yilida maktab o‘quvchilari qaysi holatlarda onlayn ta’lim olishi mumkin?

Yangi o‘quv yilida maktab o‘quvchilari qaysi holatlarda onlayn ta’lim olishi mumkin?

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 6 sentyabrdan darslar to‘liq an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qildi.

Faqat quyidagi holatlar bolani vaqtincha ta’lim jarayoniga masofadan jalb etilishiga sabab bo‘lishi mumkin:

1. O‘zi yoki oila a’zolaridan biri COVID bo‘lib vaqtincha davolanishda bo‘lgan o‘quvchilar uchun;

2. O‘quv yili davomida o‘qituvchi yoki o‘quvchilar orasida COVID aniqlanib, vaqtinchalik karantinga olingan sinf yoki maktablar uchun;

3. Vaqtincha boshqa joyda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan maktablarning o‘quvchilari uchun.

Bunday o‘quvchilar uchun parallel ravishda darslar MTRK telekanallari orqali “Onlayn maktab” loyihasi doirasida berib boriladi.

Kiritildi: 15:16 04.09.2021. O'qildi: 3536 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!