Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Yangi o‘quv yili bu safar erta boshlanadimi?

A A A
Yangi o‘quv yili bu safar erta boshlanadimi?

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarida yangi o‘quv yilining erta boshlanishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Bu esa yozgi ta’til kunlarini oldindan rejalashtirgan ota-onalar hadigiga sabab bo‘lishi mumkin.

 Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landi va quyidagi javobni oldi:

— Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilining 10 avgustda boshlanishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. O‘quvchilarning yozgi ta’til kunlari muddati va yangi o‘quv yilining boshlanish sanasida hech qanday o‘zgarish yo‘q. Tizimga biror yangilik joriy etilishi rejalashtirilgan taqdirda, bu haqda, albatta, OAV orqali rasman ma’lum qilamiz.

Kiritildi: 09:10 05.07.2018. O'qildi: 1769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik